Home » ARM » “Eng yaxshi kitobxon”

“Eng yaxshi kitobxon”

Termiz davlat universiteti Axborot-resurs markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvar PQ-4789-sonli “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoishi ijrosi yuzasidan tashkil etilgan    “Eng yaxshi kitobxon” bag’ishlangan tadbiri  b o`lib o`tdi.

Tadbirni Termiz davlat  universiteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori O. Ro’ziev kirish so’zi bilan ochib berdi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvar PQ-4789-sonli “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoishining ibratli jihati haqidagapirib o’tdi. Ushbu farmonda belgilab berilgan vazifalar ijrosi zaminida, kitob yozish, chop etish, targ’ibot qilish, o’qish va o’rganishdek ulkan masalalar mujassam, zero, yuksak madaniyatli yosh avlodni ulkan ma’naviyat, qadriyatlar asosida tarbiyalashdek ezgu ishlarda mazkur hujjat muhim asos ekanligi aytib o’tildi.
6

Shundan so’ng  Fizika-matematika fakulteti dekani fizika fanlari nomzodi O’. Berdiyevning “Kitob aql qal’asi” mavzusidagi ma’ruzasi ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi.  Kitob tafakkur qanoti, bu qanot qancha mustahkam bo’lsa, yuksak kengliklar sari intilishdan tolmaydi. Shuning uchun ham jamiyatni, ma’naviy muhitni yaxshi va foydali kitobsiz, kitobxon va kutubxonasiz tasavvur qilib bo’lmaydi deya ta’kidlab o’tdilar. Tadbirni Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo’limi xodimi M. Xalilova va Elektron axborot resurs bo’limi xodimi D. Xoliqovalar olib borishdi. Tadbir so’ngida universitet talabalarining 8 nafari “Eng yaxshi kitobxon”  tanlovi g’olibi deb e’lon qilindi va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.7      Shundan so’ng tadbir ishtirokchilari ARM xodimlariga tadbirning qiziqarli fikr8

mulohozalarga boy tarzda bo’lib o’tganligi uchun o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi.