Home » TALABALAR IJODIDAN » Hayot haqiqati

Hayot haqiqati

Ba’zan biz nima istayotganimizni bilmay qolamiz. Hayotda maqsadsiz, o’z yo’lini to’g’ri tanlay olmaganlar qancha? Biz berilgan barcha savollarga javob topishga qiynalamiz. SHu o’rinda insonning barcha savollariga javobni o’zidan izlasa, o’zi istagan barcha ezgu narsalarga erishadi. Bu dunyoda to’siqlar, jarliklar ko’p. Barchasi o’z qo’limizda. Bunday vaziyatlar insonlarda bir narsa talab qilinadi faqat va faqat oldinga borishi, o’z kuchiga bo’lgan ishonchni yo’qotmasliklari lozim. Faylasuflarning hayot yo’lini kuzatsak, ularning darveshona hayot kechirganini ko’ramiz. Bu yo’l biz uchun anchinarli ko’rinishi mumkin, ammo ular uchun bu hayot jannatga tengdir. Kelinglar ularning hayot yo’li bilan tanishib, o’zimiz isatayotgan savollarga javob topaylik!

Qadimgi yunon faylasufi Biant YUnonistondagi yetti yetakchi faylasufning biri edi. Biantning ona shahrini Kir lashkarlari tomonidan zabt etiladi. SHahar aholisi eng qimmatbaho buyumlarini olib qocha boshlaydi. Faqat Biantgina hech narsa olmay, bo’sh qo’l bilan shahardan chiqib ketadi. Buni ko’gan hamshaharlari undan: “Sen nega hech narsa olmading?” — deb so’rashadi. Shunda Biant: “Hamma narsamni o’zim bilan olib yuraman”, — deb javob beradi.

Do’stlaring orasidagi bahsga yechim topishdan ko’ra, dushmanlaring o’rtasidagi nizoni hal qilish afzaldir. Chunki do’stlaring o’rtasiga tushsang, biri sening dushmaningga aylanadi, dushmanlaring bahsini hal qilsang, ulardan biri senga do’st bo’lib qiladi.

Nima mushkul? — Ishning chappa ketishini xotirjam kuzatish.

Inson uchun totli narsa nima? — Umid.

Inson qaysi ishdan zavq oladi? — Foyda olishdan.

Eng yaxshi maslahatchi kim? — Vaqt.

Umring mezonini shunday olki, go’yoki yashashingga ham oz, ham ko’p fursat qolgan bo’lsin.

* * *

Biror ishga qo’l urishga oshiqma. Qo’l urdingmi, qat’iy bo’l.

* * *

Hovliqmasdan so’zla: shoshilish aqlsizlik belgisidir.

* * *

Yomonlar hamma yerda ko’pchilikni tashkil qiladi.

* * *

Baxtsizlikka dosh berolmaydigan odam baxtsizdir.

* * *

Kemada suzib borayotganlar na tiriklar va na o’liklar qatoriga kiradilar.

* * *

Kuch bilan emas, ishonch bilan zabt et.

* * *

Yoshligingda keksalik uchun donolikni to’pla. Chunki undan ishonchliroq bisot yo’q.

 Jaloliddin Rumiy

Jaloliddin Rumiy Balx shahrida tug’ilib o’sdi. Uni ba’zan Jaloliddin Balxiy deb ham atashadi. Rumiy she’riyatning barcha shakllarida mukammal ijod qildi. U bitgan g’azallar, ruboiylar va masnaviylar she’riyat bo’stonining durdonasiga aylangan. Rumiy asarlarida tashbehlarga o’ralgan falsafiy, so’fiyona, teran g’oyalarga keng o’rin berilgan.

* * *

Ko’zni yumgil, ko’zga aylansin ko’ngil.

* * *

O’limimdan so’ng meni qaro yerdan emas, ma’rifatli insonlarning qalbidan izlang.

* * *

Ezgulikdan bir qal’a barpo aylangkim, mahkamlikda anga hech narsa teng bo’lolmas.

* * *

Bu olam bir boru bir yo’q. Asta-asta ketganlar — yo’q, asta-asta kelguvchilar bor.

* * *

Ayo, sarv! Yuksaklarga intilmoqni bizga ham o’rgat!

* * *

Ay, g’uncha! O’zlikni namoyon etmoqni o’rgat!

 Uzum haqida masal

Bir-birini tushunmaslik do’stni dushmanga aylantirishi haqida Rumiyning shunday masali bor.

Turli tilda turlicha aytilgan bir so’z ba’zan o’zaro nizoga sabab bo’ladi. Turk, arab, fors va yunon millatidan bo’lgan to’rt nafar yo’lovchiga bir saxiy odam tanga hadya etadi. Yo’lovchilar o’rtasida tangani qanday sarflash borasida janjal chiqadi. Forsiy tilda so’zlovchi yo’lovchi sheriklariga:

— Yuringlar, bozorga boramiz-da, angur sotib olamiz, —deydi.

— Ey firibgar! — uning so’zini bo’ladi arab. — Men angur emas, yeynab yeyishni xohlayman!

Turkiy yo’lovchi esa ularning har ikkisiga e’tiroz bildirib, shunday deydi:

— Birodarlar, nega shovqin ko’tarasiz, balki bu pulga uzum sotib olarmiz?

Yunonistonlik yo’lovchi esa:

— Qanday odamsiz o’zi. Kelinglar, stafil sotib olamiz-da, maza qilib yeymiz, — deydi.

Shu tariqa to’rt yo’lovchi bir-birini tushunmay, janjallashib qoladilar. Aslida ular aynan bir narsani istashardi.

To’rt yo’lovchi bilimsizlik, nodonlik tufayli bir-birlarini rosa do’pposlashdi.

Agar ularning orasida yuz tilni biladigan odam bo’lganda bir so’z bilan nizoga chek qo’yishi mumkin edi.

Dehqon va Sher

Bir kuni tunda sher dehqonning og’ilxonasiga kirib, sigirini yebdi-da, o’sha yerning o’zida dam olgani cho’zilibdi. Dehqon esa tunda uyg’onib, shamni ham yoqmasdan sigiridan xabar olish uchun og’ilxonaga yo’l olibdi. U og’ilxonaga kiribdi-da, paypaslanib sherning yelkasini silabdi. Shunda sherning xayolidan shunday so’zlar o’tibdi: “Eh, ikki oyoqli nodon-a! U meni sigir deb o’yladi. Kunduz kuni bo’lganda meni ko’rib, tanamga qo’l tekkizish u yoqda tursin, qo’rqqanidan o’takasi yorilardi!”

Ey dono odam, sen eng avvalo narsalarning mohiyatini bil, ularning aldamchi shakliga ishonma!

* * *

So’z — libos. Ma’no shu libos ostiga yashiringan sir.

* * *

Ko’zguda hamma narsa teskari ko’rinadi. Ammo biz ko’zgusiz o’zimizni hech qachon ko’rolmagan bo’lardik.

Sen menga so’z ojiz, deding. Agar o’zingni haq deb bilsang, u holda so’zning ojizligi haqidagi so’zlaring ham ojizdir.

Termiz davlat universiteti

Pedagogika fakulteti 1-bosqich

Talabasi Inobat Karimova